RUDNda imtihon topshiradiganlar uchun TRKI-III (C1) imtihoniga bepul tayyorgarlik

Ko‘rishlar soni 256 15-iyundan boshlab RUDNda test sinovidan o‘tishni rejalashtirgan nomzodlar uchun TRKI-III (C1 darajasi) imtihoniga bepul onlayn tayyorgarlik boshlandi. Mashg‘ulotlarni tajribali test administratori har kuni, dushanbadan jumagacha olib boradi. Kurs yakunida tinglovchilar eng yaqin imtihon sanasiga ro‘yxatga olinadi.

