«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbir ssenariysi - Ta’lim / Образование

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbir ssenariysi

Ushbu sahifada 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri uchun ssenariylar to‘plamini yuklab olishingiz mumkin.


Songgi qongiroq tadbir ssenariysi

O‘quvchi-yoshlarga mustaqil hayotga yo‘llanma berish hamda o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Xayr, maktab – salom, oliygoh!” tadbirlari 25-may kuni respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladi. Mazkur tadbir nafaqat o‘quvchilar balki o‘qituvchilar, ota-onalar uchun ham esda qolarli, hayajonli damlar hisoblanadi.



11-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga kuzatish hamda o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiya

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz”, degan edi. Zero, bu so‘zlarning zamirida yosh avlodning baxtli kelajagi yotadi. O‘quvchi-yoshlar zimmasiga ham mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishi, yurtimiz kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shish kabi mas’uliyat yuklanadi.

O‘quvchi-yoshlarga mustaqil hayotga yo‘llanma berish hamda o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Xayr, maktab – salom, oliygoh!” tadbirlari 25-may kuni respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladi. Mazkur tadbir nafaqat o‘quvchilar balki o‘qituvchilar, ota-onalar uchun ham esda qolarli, hayajonli damlar hisoblanadi.



Tadbirga ota-onalar qo‘mitasi, oliy ta’lim muassasalari vakillari, maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tuman(shahar) boshqarmasi vakillari, mahalliy hokimliklar vakillari hamda mahalla faollari, sobiq o‘quvchilar, maktab homiylarini taklif etish maqsadga muvofiq. 

Tadbir mohiyatini yurtimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini targ‘ib etishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga va o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.

Dasturni ishlab chiqish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishini inobatga olib, dasturni 30-35 daqiqaga mo‘ljallash lozim. 



Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan vazifalarga asoslanish, taklif etilgan mehmonlar, ota-onalar uchun qulay joy tanlash, sanitariya-gigiyena, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

Ta’lim maskanlarida 25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha tadbir ssenariylari va tavsiyalar

 

 

 



 

 

 

 


, , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , ,

Leave a Reply