«Navro‘z» tadbiri ssenariysi - Ta’lim / Образование

«Navro‘z» tadbiri ssenariysi

Navro‘zi olamni biz barcha sharq xalqlari qatorida azal-azaldan, ming yillar davomida e’zozlanib kelayotgan, eng qadimiy va eng sevimli, haqiqiy umumxalq bayrami sifatida qadrlaymiz. Azaliy va abadiy bayram – Navro‘z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o‘zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu – hurramlik olib kirishi bilan aziz va suyuklidir.

navroz tadbir ssenariysi

Navro‘z bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21 mart kuni nishonlanb, aynan kun va tun teng bo‘lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko‘ra, Navro‘zning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan «zardushtiylik»ning paydo bo‘lishigacha davom etgan asrlarni o‘z ichiga olgan ekan.



Navro‘z so‘zining ma’nosi

Navro‘z so‘zi fors-tojik tilidan olingan bo‘lib «Yangi kun» degan ma’noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navro‘z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo‘lib kelgan. O‘sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to‘xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o‘tishgan.

Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda ko‘pchilikning «Navro‘z qayerda va qachon paydo bo‘lgan ekan?» — degan savoliga «Saodat» jurnalida e’lon qilingan «Onaqutining saxovati» maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda jumladan: «Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani bo‘lgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navro‘z bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (ya’ni, ayol shahri poytaxti bo‘lmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi».

Ushbu sahifada 21 mart Xalqaro Navro‘z bayrami tadbir ssenariylari yuklangan bo‘lib, ularni sahifa so‘ngida yuklab olishingiz mumkin.



Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.



 

 



 

 

 



Leave a Reply