2026-2027 o‘quv yili qabuli uchun javoblar varaqasi namunasi - Ta’lim / Образование

2026-2027 o‘quv yili qabuli uchun javoblar varaqasi namunasi


2026-2027 o‘quv yili qabuli uchun javoblar varaqasi namunasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi va baholash mezoni tasdiqlandi.



2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi namunasi quyidagi rasmda keltirilgan.


2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).



Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
    ✅30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
    ✅60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida:
👉 Fanlar majmuasi bu yerda

 


Leave a Reply