O‘qituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi – murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor karatilmagan, e’zozlanmagan. Mamlakatimizda 1997 yildan boshlab 1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Jamiyatning buguni va ertasi, uning madaniy – ma’rifiy – ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko‘p jixatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mexnatlariga bog‘lik ekanligi barchamizga ayon.
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – extirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Bu yorug‘ olamda onadek mehribon, otadek g‘amxo‘r, har birimiz uchun aziz va mu’tabar bo‘lgan ulug‘ zot – bu muallim va murrabbiylardir. Bu buyuk zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan.
Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmokchi bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmokchi bulsang, ta’lim – tarbiya ber» – deyilgan. Shu bois qadimdan kishilar o‘z zurriyotlarini ustoz qo‘liga topshirar ekanlar. «Eti sizniki, suyagi bizniki» deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan.
Olamning gultojisi inson bulsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar haqida so‘z ketganda beixtiyor beg‘ubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to‘la bolalik yillarimiz, ilk bora qo‘limizga qalam tutkazgan birinchi o‘qituvchimiz ko‘z oldimizda gavdalanadi. Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tashakkur aytamiz!
Ushbu sahifa orqali o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bir nechta bayram tadbiri ssenariylarini taqdim etmoqdamiz.