Ushbu sahifada o‘qituvchilar haqida she’rlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
O‘qituvchilik azal–azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi – murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor karatilmagan, e’zozlanmagan. Mamlakatimizda 1997 yildan boshlab 1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. Quyida o‘qituvchilar haqida she’rlar bilan tanishib, sahifa so‘ngida yuklab olishingiz mumkin.
Ustoz — otangday ulug‘
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Mirza Qaynarov, faxriy o‘qituvchi. Sardoba tumani.
Aziz muallim
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Shahodat Boyqobilova, Kitob tumanidagi 4-maktabning 9-sinf o‘quvchisi
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Sizni sezmay qolsam g‘o‘r yoshlik sabab,
Zo‘r berib sho‘ng‘isam dunyoga qarab,
Kelolmasam sizni bir bora yo‘qlab
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Boshlagan ishimda omadlar kulsa,
Bosgan qadamimda rayhonlar unsa,
Hosidlar hasaddan dod solib qolsa
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Sezsangiz yordamim yetsa har kimga,
Nafim tegsa Vatanga, ona xalqimga.
Robbimdan yolvorib shunda haqqimga
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Aks olib ahvolim harob bo‘lganda,
Mol-davlat deganim sarob bo‘lganda,
Do‘stlarim ko‘rmay, deb xunob bo‘lganda
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Hech kim tinglamasa hasratli so‘zim,
Bir bor tabassumga zor qolsa ko‘zim,
O‘zim bilan bo‘lib qolganda o‘zim
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Bir kun sizni qo‘msab og‘risa qalbim,
Kun sayin zo‘raysa alamli dardim,
Davo istab sizga kelganim paytim
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Robbim harom qilsin ayrilmoq sizdan,
Sabot-la turayin siz bosgan izdan,
Rozi bo‘ling shogird – har o‘g‘il, qizdan
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Robbim nur yog‘dirsin chiroyingizga,
Sulton qilsin mangu saroyingizga,
Mol-dunyo almashmam duoingizga
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Ustoz
Hech narsa bo‘lolmas ustozga do‘stlar
Shogird kamolini ko‘rmoqdan ustun.
Biror bir shogirdga gar tegsa ko‘zlar,
Ustozdek bo‘lmaydi hech kimsa dilxun.
Dunyoga olimlar tarqatar ustoz
Haqiga mol-davlat qilmas hech talab.
Meros qolar bilim, qalam va qog‘oz
Ularning barchasi ustozlar sabab.
Aytishdan to‘xtamay hikmatli so‘zin
To‘g‘ri yo‘lga bizni boshlaydi ustoz.
Anduhga chidagan sabrli ko‘zin
Faqat shogird uchun yoshlaydi ustoz.
Kema deb jismimni unga solganim,
Kundan kun umrimni eltar zavolga
Darsda hech tolmagan, havas qilganim,
Qaddingiz alifdan ko‘chibdi dolga.
Ustozim sochlari oqargan emas,
Qora rang oqini qilgandir ikrom.
Yo shogirdga umrin tikkani uchun
Robbimdan ularga nur erur in’om.
Darsda menga qarab porlagan o‘shal,
Qayga ketdi, ustoz, ko‘zingiz nuri.
Ajinli yuzlarga termulsam bu gal,
Qayta jonlanmasmi qalbim sururi.
Bilaman nuringiz samoga chiqib,
Shogirdlar yo‘liga bo‘lgan shamchiroq.
Yuzingiz ularning g‘amini ortgan
Sevsin deb xalq uni yana yaxshiroq.
Ustoz oldimizda turing doimo,
Hayot yo‘limizda zo‘r sarbon bo‘lib.
Biz esa jamlanib, bo‘lmay kamnamo,
Turaylik sizlarga bir karvon bo‘lib.
Oddiy muallim
Qadri bilinadi, endi menga goh,
Oddiy maktabimning o‘sha behasham,
Navoiy-ku, bizga ustozdir biroq,
Kimdir o‘qitgan-ku, Alisherni ham…
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallimda, oddiy muallim!
Ayagan hayotning sanchiqlaridan,
Yiqilsa, ko‘targan to‘siqlaridan,
Otadek ezilgan, g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Kechalar shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Oddiy muallimda, oddiy muallim!
Yo‘qdan Beruniyni binolar qilgan,
Husaynni ibn Sinolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Abdulloning tilin burrolar qilgan,
Ne-ne jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?
Oddiy muallimda, oddiy muallim!
Ulfat ko‘p-u, ammo bir do‘sti hamroh,
Halim topolmadim, undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim, undan olimroq!!
Bola yuragimda bebaho tilsim,
Oddiy muallimda, oddiy muallim!
…Yuzga kiraman men, xudo hohlasa,
Ehtimol yuzdan ham o‘tarman bir kun…
Qaynoq quchog‘ida hurlar chorlasa,
Hech kimdan qarz bo‘lmay ketarman bir kun.
Qolsa ham bir zotdan qoladi qarzim,
Oddiy muallim u, oddiy muallim!
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o‘sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimgadir o‘qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o‘rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog‘dek ulug‘vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb, etgain o‘pgan bor.
Buyuk Jaxongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo‘qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so‘z o‘rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g‘usaga bo‘lsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko‘p-u ammo bir do‘sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko‘rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo‘min o‘rtog‘im
Ko‘zim yopib qo‘ysa, og‘zim bog‘lasa,
So‘nggi safar sari otlangan chog‘im,
Faqat bir kimsadan bo‘ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Muallimim
Ko‘z o‘ngimda ochdi dune muallimim.
Yo‘llarimga sochdi ziyo muallimim.
Go‘dak edim ona kabi parvarishlab,
Ulg‘aytirdi meni dono muallimim.
Shogirdmanki taxt turaman xizmatiga,
Qilsa agar bitta imo muallimim.
«2» qo‘ymang, o‘qituvchim
Qiyin ekan savolingiz,
Yo‘qmi boshqa misolingiz?
O‘qituvchim, ko‘p qiynamang,
Baland bo‘lsin iqbolingiz.
«Yetarlidir «ikkim», «uchim»,
«2» qo‘ymang, o‘qituvchim.
Osonidan ozroq so‘rang,
Jon domlajon, «2» qo‘ymang,
«2» qo‘ymang, «2» qo‘ymang.
Vazifalar ancha og‘ir,
Kitob olsam boshim og‘rir.
Qandoq qilay, o‘qituvchim, u ahvolda qolmay oxir.
Yuragimni bosmasin g‘am,
Nima deydi ota-onam.
Sirlarimni aylamang fosh,
Mayli edi «4» bo‘lsa ham…
Imtihondan o‘tib olay,
keyin o‘zim o‘qib olay.
Iloj qiling, o‘qituvchim,
kanikulga chiqib olay.
Ustozlarga
Qo‘llarimda jaranglar sozim,
Bugun chindan yangroq ovozim,
Ustoz pandi — bahorim, yozim
Sizga ta’zim, sizlarga ta’zim.
O‘gitingiz — kelajak darsi,
Tashvishingiz — yuragim darzi.
Sizni sevmoq hayotim qarzi,
Sizga ta’zim, sizlarga ta’zim.
Ustozim
O‘rgatib bizga bilim,
Dilni xushnud etasiz.
Dedim, sizni muallim,
Bizga berdingiz ta’lim.
Siz men uchun qadrlisiz,
Ko‘klarda oy quyoshim.
Sizni xurmat qilgayman,
Omon bo‘lsa, bu boshim.
Siz tunlari oyimsiz,
Kunduzda quyoshimsiz.
Siz ko‘nglimning dil toji,
Sizsiz aziz ustozim!
Har bir shirin so‘zingiz,
Dilga orom baxsh etar.
Har bir kun zavqli bo‘lsa,
Muallimni yod etar.
Mag‘rur boshim egilsin,
Mayli ustoz siz uchun.
Poyingizga gul to‘shay,
Muallimim yod etay.
Ustoz
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbo kitob.
Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.
O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.