Yangi yilni kutish odati hamma xalqlarda bor. Ko‘pchilik xalqlarda Yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan. Bu odat qadim zamonlarda Angliya bilan Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda vujudga kelgan.
Yangi yil hamma xalqlarda birday 1-yanvardan boshlanmaydi. Ba’zi xalqlar vaqt hisobini Oy-Quyosh taqvimi bo‘yicha olib boradilar, shuning uchun yilning boshlanishi bir joyda kuzga to‘g‘ri kelsa, boshqa joyda qishga to‘g‘ri keladi.
O‘rta Osiyo va yaqin Sharq xalqlarda Navro‘z bayrami qadimiy, ananaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. Qadimgi rimliklarda mart yilning birinchi oyi hisoblangan, chunki bu vaqtda dala ishlari boshlangan. Yil 10 oydan iborat bo‘lgan, keyin oylar soni 2 ta ko‘paygan. Miloddan avval 46-yilda Rim imperatori Yuliy Sezar yilning boshlanishini 1-yanvarga ko‘chirdi. Uning nomi bilan atalgan Yuliy taqvimi butun Yevropaga tarqaldi. Shu tariqa yangi yil qish vaqtida kutish rasm bo‘ldi. Hijriy-shamsiy yil hisobi bo‘yicha yangi yil ko‘pchilik Sharq mamlakatlarida 21-marta kutiladi. Islomiy taqvim bo‘yicha esa yangi yil har yili 10-12 kun oldinga suriladi va muharram oyning 1-kuni yil boshi hisoblanadi.
Ushbu sahifada yangi yil haqidagi she’rlar bilan tanishib yuklab olishingiz mumkin.
Yangi yil kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
***
Pok kalbli insonni qutlab-e’zozlab,
Baxtli tong otmokda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Fusunkor yangraydi hayot oxangi.
***
Yangi kun bilan kelar baxt, omad, quvonch,
Hech qachon do‘stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo‘lsin suhbatda so‘zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko‘zlar.
Yahshi so‘z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do‘stingiz bo‘lsin ilohim.
***
Yangi tilak, yangi umid yangi kunda,
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda,
Yana bir yil nihoyasi qutlug‘ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling do‘stlar.
Baland archa atrofidan ketkim kelmas,
Qalbingizdan niyat qiling hech kim bilmas,
O‘tgan yil ham sofligidan eski yilmas,
Yangi yildan ezguliklar kuting do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling keling do‘stlar!
Duo qiling qor yomg‘irlar soy bo‘lsin deb,
Duo qiling topganimiz yaxshi kunga bor bo‘lsin deb,
Bu yilni ham omadlarga boy bo‘lsin deb,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying do‘stlar,
Bizlar bilan o‘ynab kuling keling do‘stlar..
***
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo‘lsin dilingiz.
Bo‘lsin qorday toza musaffo,
Kadam kuygan YANGI YILINGIZ.
***
Yangi yilda yaxshi tilak bildirmoq odat,
Yil bo‘yi boshingizga yog‘sin shafoat,
Tark etmasin “o‘n ikki oy” baxtu saodat,
Tark etmasin “ellik ikki hafta” xalovat!
Baxtlik onglar “sakkiz mingu yetti yuz soat”,
“Uch yuz oltmish besh kun” ko‘ring rohat-farog‘at,
Kulib “besh million ikki yuz ming soniya” omad,
Yaratganning panohida yuring salomat!
***
Yangi yilda ko‘rmang g‘am,
Ko‘zlaringiz bo‘lmasin nam.
Bu yilda kulib tursin yuzingiz,
Faqatgina pul sanasin qo‘llaringiz!
Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin,
Nomingiz bundanda ulug‘ bo‘lsin.
Nima niyat qilgan bo‘lsangiz,
Iloyim barchasi amalga oshsin!
***
Yangi yilda baxt bo‘lsin
Omad shodlik naqd bo‘lsin.
Hayotimiz qand bo‘lsin
Orzu niyat taxt bo‘lsin!
***
Yangi yilda barchaga
Yaxshi tilak tilarman,
Ezgu niyatlar bilan,
Chinakam baxt tilarman.
Akam-ukam, singlim-opam,
Yangi yilda bo‘ling baxtiyor.
G‘am ko‘rmang hech dunyoda,
Baxtingiz bo‘lsin ziyoda.
***
Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin,
Nomingiz bundanda ulug‘ bo‘lsin.
Nima niyat qilgan bo‘lsangiz,
Iloyim barchasi amalga oshsin!






ёмон эмас, факат кам!
Раҳмат!ишингларда омад тилайман…..кириб келаётган янги йил муборак бўлсин!