Har yili 25 may sanasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar, uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun barcha bitiruvchilar uchun eng unutilmas va qadrli damlardan biri desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Tadbirlarda qo‘shiqlar bilan bir qatorda she’rlar ham aytiladi. Ushbu sahifada so‘nggi qo‘ng‘iroq haqida she’rlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
«So‘ngi qo‘ng‘iroq» #she’r
Ketmoqdamiz ko‘zimizda yosh,
Ayrilishib bugun – bag‘ritosh
Jaranglaydi so‘ngi qo‘ng‘iroq
Xayr maktab, hayr sinfdosh.
Quvnoqmizu kiprikda namlar,
Qalbimizda shodligu g‘amlar,
Shirin damlar, baxtiyor damlar,
Hayr maktab, xayr sinfdosh.
Kelajakka quchoq ochib soz,
Har tarafga qilamiz parvoz,
Rozi bo‘ling bizlardan ustoz,
Xayr maktab, xayr sinfdosh.
Yuzlaringa termulgancha, jim
Majnun bo‘lib men seni sevdim,
Qalbimdasan mening ilk sevgim,
Hayr maktab, xayr sinfdosh.
Noming yashar qalbimda har on,
Sirdosh do‘stim mening qadrdon,
Unutmayman seni hech qachon,
Hayr maktab, xayr sinfdosh.
Achchiq yoshga to‘lar ko‘zlarim,
Hayajondan yonar yuzlarim,
Sog‘inaman sizni do‘stlarim,
Xayr maktab, xayr sinfdosh.
O‘tar endi beayov yillar,
Sog‘inchlarga to‘ladi dillar,
Silkinadi havoda qo‘llar,
Hayr maktab, hayr sinfdosh.
Muallif: Xurshid Karim.
🔔🔔🔔🔔🔔🔔
«So‘ngi qo‘ng‘iroq» (2)
Qadrdonim, jonajon maktab,
Dilni vayron etgimiz kelmas,
Jonajonim, qadrdon maktab,
Seni tashlab ketgimiz kelmas,
Qo‘llarimni mahkam tut o‘rtoq,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ruhsoringga to‘yay sinfdosh,
Ketma aslo yuzingni burib,
Yanoqlarda miltiraydi yosh,
Yig‘layapmiz jilmayib turib,
Qalbimizda shirin bir titroq,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Dunyo ekan shunday bevafo,
Ketayapmiz ayrilib jim, jim,
Ayro yo‘llar, taqdirlar ayro,
Xayr endi go‘zal sevgilim,
Bag‘ritoshim ko‘zlarimga boq,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Umr yelar to‘xtamay bir zum,
Dilga solib alam, g‘amlarni,
Sog‘inamiz seni maktabim,
Sog‘inamiz quvnoq damlarni,
Qo‘llarimni qo‘yvorma o‘rtoq,
Chalinmoqda so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Muallif: Xurshid Karim.
🔔🔔🔔🔔🔔🔔
Bugun maktab ostonasin hatlab so‘nggi bor
O‘n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo‘lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo‘ng‘iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo‘lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 11 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargohga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o‘zimizga qilar nasihat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muhabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi hayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi “2” baholar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
🔔🔔🔔🔔🔔🔔
«Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh!»
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq:
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh!
Dunyolarga teng, qalblarda titroq
Eng oxirgi, eng so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Qalbga botar tosh jonim sinfdosh
Ko‘zlarda yosh so‘ngi so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh.
Orzuga chorlar so‘ngi qo‘ng‘iroq,
Do‘st-yorlardan ajiralar sinfdosh.
Ayirmasaydi, yig‘latmasaydi
Chalinmasaydi so‘ngi so‘ngi qo‘ng‘iroq
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh.
Sinfdosh tengim birinchi sevgim,
Ezar yuragim so‘nggi qo‘ng‘iroq
Unutma muhimi ey do‘st qadrdon
Hayajonli on so‘ngi qo‘ng‘iroq
Hech ko‘ngil qo‘ymas, sog‘inchim to‘ymas
Yig‘lamay bo‘lmas so‘ngi so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh.