So‘nggi qo‘ng‘iroq tarixi haqida nimalar bilasiz? - Ta’lim / Образование

So‘nggi qo‘ng‘iroq tarixi haqida nimalar bilasiz?

Bir necha kundan so‘ng mamlakatimiz bo‘ylab minglab maktab o‘quvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinadi. Quloqqa tanish bo‘lgan ushbu qo‘ng‘iroq kim tomonidan kashf qilingan? So‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi ostida maktab bilan xayrlashish g‘oyasini kim taklif qilgan?


songgi_qongiroq_tarixi_600


Qo‘ng‘iroq tarixi

Maktabda qo‘ng‘iroqning chalinishi qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) nomi bilan bog‘liq. Tarixiy manbalarda yozilishicha, faylasuf bir paytlar bolalarni suv soati yordamida darslarga taklif qilishga qaror qilgan. U naycha bilan bog‘langan ikkita idishni olib, ustma-ust suv quygan. Suv pastga, havo esa teppa qismiga, ya’ni nayga oshiqib yoqimli ovoz chiqargan.

XVII asrda chexiyalik pedagog-reformator Yan Amos Komenskiy sinf tizimini amalga kiritib, darslarning qo‘ng‘iroq bilan tugallanishini uylab topgan. Mushg‘ulotlar so‘ngida sinfda ko‘chma yoki stasionar qo‘ng‘iroqdan foydalanishar edi.



XIX asrda ingliz muhandisi Uilyam Sterjen dunyodagi birinchi elektromagnitni kashf qildi. So‘ngra Iogann Vagner va Kristian Niff mehnatlari bilan dunyodagi birinchi tebranuvchi bolg‘a yaratildi.

XIX asrning 50-yillarida Jon Mirand bizga yaxshi tanish bo‘lgan detal – qo‘ng‘iroqni kiritib, ushbu qurilmani rivojlantirdi. Natijada hayotimizga elektr tokida ishlovchi qo‘ng‘iroq kirib keldi.

 

So‘nggi qo‘ng‘iroq qachondan beri nishonlanmoqda?

Maktabning tugashini nishonlash 70 yil oldin paydo bo‘lgan. Birinchi bor so‘nggi qo‘ng‘iroq tantanalari 1948 yilning 25 may kuni Moskvadagi 182 sonli (hozirgi №1388) maktabida o‘tkazilgan.



Maktab tugashini, unutilmas onglarni so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida nishonlashni birinchi bor pedagog Fyodor Bryuxoveskiy taklif qilgan. Keyinchalik uning taklifi bilan maktabdagi birinchi o‘qish kuni – «Bilimlar kuni» va so‘nggi kuni ham qo‘ng‘iroq sadosi bilan nishonlanadigan bo‘ldi.

манба



Leave a Reply