“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25 may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-2026-o‘quv yili yakuni munosabati bilan “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:
— mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
— faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
— yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;
— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.
Shu bilan birga, joriy yil 25-30-may kunlari barcha hududlarda “Xayr bog‘cha-salom maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bog‘chalarda tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.





