Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (26.08.2025 №312 ) qabul qilindi.
Mazkur buyruqning 1-ilovada koʻrsatilgan maktablarda 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf oʻquvchilari uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
2-ilova –– Oʻzbek tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 2a-ilova;
3-ilova –– Rus tilida taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 3a-ilova;
4-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun tayanch oʻquv reja, oʻquv rejaga tushuntirish xati 4a-ilova;
5-ilova –– Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tillarda taʼlim beriladigan maktablardagi sinflar uchun ikkinchi namunadagi oʻquv reja ikkinchi namunadagi oʻquv rejaga tushuntirish xati 5a-ilovaga.
📌Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari pedagogik sinflar tashkil etilgan maktablarda dars mashgʻulotlarini olib borish uchun 2 nafardan professor-oʻqituvchilar biriktirish choralari koʻradi.
Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.