Ushbu sahifada Emaktab jamoasi taqdim etgan sinf sozlamalarida jurnal turini mezonlar bo‘yicha baholash turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi video-yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Tizimda mezonlar bo’yicha baholash jurnalini qanday yoqish mumkin?
Buning uchun quyidagi ketma-ketlikda amallar bajariladi:
- “Ma’muriyat – sinflar ro‘yxati” bo’limiga o‘ting.
- Kerakli sinfni tanlang va “Tahrirlash” bo‘limiga o’ting.
- “Jurnal turi” qatorida “Mezonlar bo‘yicha baholash jurnali” ni tanlang:
Muhim eslatmalar:
Maktabda baholash tizimi: 10 va 100 balli tizimlarda baho qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun maktab sozlamalarida baholash turini o‘zgartirish mumkin emas.
Dars jadvalini yaratish: Jadvalni yaratishdan oldin, sinf jurnalini mezonlar bo‘yicha baholash turiga o’tkazganingizga ishonch hosil qiling. Aks holda, jadvalni o’chirishingiz va qayta yaratishingiz kerak bo‘ladi.
Mezonlar bo‘yicha baholash jurnali quyidagicha ko‘rsatiladi:
Quyida video-yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin: