O‘quv yili boshlanishi bilan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘qish jarayonini kuzatish uchun Emaktab (sobiq Kundalik) elektron jurnaliga kirishga to‘g‘ri keladi. Tizimda kirishda muammo bo‘lsa uni qanday bartaraf etish mumkin? eMaktab tizimi mutaxassisi ushbu savolga javob berdi.
Agar login va kalit so‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, eMaktab foydalanuvchilari SMS-xabar yordamida elektron pochtadan foydalanmasdan kirishni tiklashlari mumkin.
Yangi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng darhol telefon raqamini o‘z profiliga bog‘lashlari mumkin bo‘ladi, boshqalar uchun tizim ularga birinchi marta saytga kirganlarida kontaktlanini tasdiqlashni taklif qiladi.
Kontakt telefon raqamini tasdiqlagan foydalanuvchilar SMS yordamida o‘z akkauntlariga kirishni tiklashlari mumkin.
Agar foydalanuvchi o‘z login yoki kalit so‘zini unutgan bo‘lsa va o‘z profilida mobil telefonini ilgari tasdiqlamagan bo‘lsa, u login yoki kalit so‘zni tiklash uchun maktab ma’muri yoki sinf rahbariga murojaat qilishi hamda tizimga kirishdagi so‘rov oynasida yoki “Xavfsizlik” yorlig‘idagi profil sozlamalarida o‘z profiliga telefon raqamini bog‘lashi kerak.
Agar foydalanuvchining telefoniga SMS kelmagan bo‘lsa, tasdiqlash kodi bilan xabar yuborilgan raqam va foydalanuvchiga tegishli raqam mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, raqam bloklanmagan va kirish mumkinligiga ishonch hosil qilish zarur.
“Agar kirishni tiklashda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, mobil operatorning call-markaz’iga yoki eMaktab’ning texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga +998788888282 telefon orqali murojaat qilishingiz kerak”, – deya qayd etadi eMaktab’ning texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Hilola Izzatova.