Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinflarni keyingi o‘quv yiliga o‘tkazish elektron jurnalga qanday amalga oshiriladi? Sahifada emaktab.uz jamoasi ushbu savolga javob berdi.
Kundalik tizim mantig‘iga muvofiq, yangi o‘quv yiliga o‘tish 1 -avgustdan boshlanadi.
Sinflarni yangi o‘quv yiliga avgustgacha o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki yozgi davrda o‘quvchilar maktabdan maktabga ko‘chiriladi va o‘quvchi sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazishdan oldin maktabdan chiqarilishi kerak.
Sinfni keyingi o‘quv yiliga va «Arxiv»-ga o‘tkazish tugmachalari sinf sahifasini tahrirlash bo‘limida «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ida ekranning o‘ng tomonida alohida blokda joylashgan.
Administrator va «Sinflar» blokiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan muharrirlar sinf ma’lumotlarini tahrirlashi, uni chiqarishi va keyingi o‘quv yiliga o‘tkazishi mumkin.
Eslatma: «Sinfni chiqarish» tugmasi faqatgina sinfda «Bitiruvchi sinf» parametrining qarshisida tasdiq belgisi bo‘lgan xoldagina mavjud bo‘ladi. Belgini o‘rnatish uchun siz «Umumiy ko‘rinish» yorlig‘ining o‘ng tomonida joylashgan «Tahrirlash» yorlig‘ini bosish orqali sozlamalarga o‘tishingiz mumkin.
Shunday qilib, ta’lim muassasasining xodimi quyidagilarni bajarishi mumkin:
- yangi o‘quv yiliga butun sinfni hamda o‘quvchilarni tanlagan xolda o‘tkazish;
- sinfni «Arxiv»ga o‘tkazish;
- sinfni chiqarish;
- sinfni o‘chirish.
O‘quv yili tugaganidan keyin barcha sinflar quyidagi xolatda bo‘lishi kerak:
- yoki chiqarilgan;
- yoki keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilgan;
- yoki «Arxiv»ga o‘tkazilgan.
Chiqarish, keyingi o‘quv yiliga o‘tkazish va arxivga o‘tkazish Sinflar ro‘yxati sahifasida sinf nomida aks etkaziladi:
- qora rang bilan yangi o‘quv yiliga ko‘chirilgan sinflar belgilanadi;
- kulrang bilan arxivga o‘tkazilgan sinflar belgilanadi;
- ko‘k rang bilan hali arxivga yoki yangi o‘quv yiliga o‘tkazilmagan faol sinflar belgilanadi.
Butun sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish
Butun sinfni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ochilgan sinf sahifasida ekranning o‘ng tomonidagi «Yangi o‘quv yiliga o‘tkazish» havolasini bosing;
- «Butun sinf» turini tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing;
- yangi sinf nomini va parallelini belgilang. Agar kerak bo‘lsa, «Bitiruvchi sinf» katagiga belgi qo‘ying;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing.
Eslatmalar:
- ushbu operatsiya davomida tugallangan o‘quv yilida sinf profilida joylashtirilgan asosiy ma’lumotlar saqlanib qoladi;
- agar kerak bo‘lsa, ko‘chirish haqida buyrug‘ tafsilotlarini ko‘rsatishingiz mumkin.
Sinfdan tanlangan o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish
Sinfdan tanlangan o‘quvchilarni ko‘chirish turi faqat yangi o‘quv yilida kerakli sinflar yaratilgan holda mavjud.
Sinfda tanlangan o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga o‘tkazish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
- «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
- ochilgan sinf sahifasida ekranning o‘ng tomonidagi «Yangi o‘quv yiliga o‘tkazish» havolasini bosing;
- «Tanlangan o‘quvchilar» turini tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing;
- o‘quv yilini belgilang, ro‘yxatdan sinfni tanlang, o‘tkazish turini va yangi o‘quv yiliga o‘tkaziladigan o‘quvchilarni tanlang;
- «Keyingi qadam» tugmasini bosing.
Qolgan o‘quvchilar o‘chirilishi yoki «Arxiv» ga o‘tkazilishi kerak.
Eslatmalar:
- agar kerak bo‘lsa, ko‘chirish haqida buyrug‘ tafsilotlarini ko‘rsatishingiz mumkin;
- «Xaqiqiy» ko‘chirish turini tanlaganda, o‘quvchilarni yangi sinfga a’zo bo‘lish sanasini to‘g‘ri ko‘rsatish kerak.
Diqqat! 2-8 va 10-sinflar yangi o‘quv yiliga yuqoridagi usullardan birida o‘tkazilishi kerak. 9 va 11 -sinflar har bir o‘quvchi uchun attestat ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda chiqarilishi kerak.