Videoyo‘riqnoma: "eMaktab" obunasi uchun naqd pulni terminal orqali qanday to‘lash mumkin? - Ta’lim / Образование

Videoyo‘riqnoma: “eMaktab” obunasi uchun naqd pulni terminal orqali qanday to‘lash mumkin?

Obunani naqd pulda “Upay” yoki “Humans” terminallari orqali amalga oshirish mumkin. Mazkur video yo‘riqnomada biz “Humans” terminali orqali amalga oshiriladigan to‘lov misolida ko‘rib chiqamiz.⠀

 


1-qadam. eMaktab ID

— login va kalit so‘zdan foydalanish orqali “emaktab.uz” saytiga kiring;— yuqori o‘ng burchakdagi FISH ni bosing hamda “Obuna”ni tanlang;

— ochilgan oynada yuqori o‘ng burchakda ko‘rsatilgan eMaktab ID raqamini ko‘chiring yoki yozib oling. Bu yerda siz obunangizning joriy holati va amal qilish muddatini tekshirishingiz mumkin.



2-qadam. Terminal

— terminalda “eMaktab” xizmatini tanlang;

— ID’ni kiriting va “To‘lov” tugmasini bosing;

— so‘ngra to‘lamoqchi bo‘lgan obuna turini tanlang;

— telefon raqamini kiriting va pastki qismida uyali aloqa operatorini tanlang va “To‘lov” tugmasini bosing;

— pulni qabul qiluvchi moslamaga kerakli miqdorni kiriting va to‘lovni tasdiqlang.⠀

📌Muhim! Agar to‘lov vaqtida to‘langan summa tanlangan obuna to‘lovi uchun ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lsa, kiritilgan telefon raqami balansiga ortiqcha summani qaytarish uchun telefon raqami zarur.

manba



Leave a Reply