O‘qituvchining to‘garak jurnali - Ta’lim / Образование

O‘qituvchining to‘garak jurnali

Ushbu sahifada o‘qituvchining to‘garak jurnalini bepul yuklab olishingiz mumkin.

O‘qituvchining to‘garak jurnali

Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan fan to‘garaklari o‘quvchilarning sinfda egallagan bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi dastur va darsliklardan tashqari o‘quvchilarni qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarining oshishiga hamda ularning fan sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga va kasb tanlashlariga yordam berishga qaratilgan.



Ushbu to‘garak jurnali fan o‘qituvchisi tomonidan yuritiladi va to‘garakka jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 20 foizgacha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

To‘garak rahbari tegishli fan bo‘yicha hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib to‘garak o‘quv rejasini tuzadi. Ushbu o‘quv rejani umumta’lim maktabining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari ko‘rib chiqib, o‘quv rejaning oxirgi varag‘ining pastgi qismiga to‘garak rahbari bilan birga imzo qo‘yadi. So‘ngra to‘garak o‘quv rejasi direktor tomonidan tasdiqlanadi. 

 



2 thoughts on “O‘qituvchining to‘garak jurnali

Leave a Reply