ТРКИ-III (C1) sertifikati toifa olishda imtiyoz beradimi? Pedagog kadrlar attestasiyasi bo‘limi ushbu savolga oydinlik kiritdi.
ТРКИ-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi.
Nizomning 36-bandi Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani o‘qituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.
P.S Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yillardagi qaror tarqatilib, o‘qituvchilarda ko‘plab savollar tug‘ilmoqda. Mazkur certifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.