2026–2027-o‘quv yilidan yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash, ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilib borish hamda yangi baholash tizimi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.
Natijada mazkur tizim respublika bo‘yicha 5 000 dan ortiq maktabni qamrab oladi.
Yangi mezonga asoslangan (100 ballik) baholash tizimi ilk bora 2023-yilda respublikadagi 500 ta maktabda joriy etilgan edi.
Yangi o’quv yilidan yangi baholash tizimiga o’tayotgan maktablar ro’yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:





