14-yanvar vatan himoyachilari haqida sherlar to’plami - Ta’lim / Образование

14-yanvar vatan himoyachilari haqida sherlar to’plami

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida bir muhim tadbirga qo‘l urildi. 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.

Vatan himoyachilari haqida she’rlar

Bugungi kunda hayotning o‘zi Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirish va qo‘llash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirishni, Qurolli Kuchlarimiz axborot-kommunikatsiyalarining raqamli yagona tarmog‘ini yaratishni taqozo etmoqda. Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda, avvalo, Armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda.

Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga.

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

..Erkakning boshini egma, ey falak?!

Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi – ular mehnati,
Ustimiz butligi – ular himmati.
Farzandlar chirog‘i – ular borligi,
Yaratganning bizga mudom yorlig‘i.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin uylovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.


Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but kapitan.

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz kapitan.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q kapitan!.

Biringiz o‘g‘ilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Ogirimiz yengil kilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz.
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va kukka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga


O‘n to‘rtinchi yanvarda,
Biz xam uyga tolamiz.
Dovyurak yigitlarga,
Kanday sovg‘a olamiz.

Mablag‘ bo‘lsa mayliga,
Pul bo‘lmasa netamiz.
Chorasini topolmay,
Uyga tolib ketamiz.

“Armani” kuylagimi,
Yonida-chi buyinbog‘.
Juda kup uylar kelur,
Mayli, qilmay istilox.

Ularga yaxshi sovga-
Avvalambor o‘zimiz.
Guzal tabassumimiz,
Shiringina so‘zimiz.

(Nigora Umarova)


O‘zbekiston posbonlari

Botirlarni kuylab kelgan,
Elning ertak dostonlari.
Xar so‘zini bilar dildan,
O‘zbekiston posbonlari.

O‘zbekiston posbonlari.
Bilar yurtning shoni bo‘lak,
Bo‘lak yeru-osmonlari ,
Sadoqatlari chindor yurak .
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.

Jasurlikda yo‘qdir taraf,
Farzandim der, sarbonlari
Xizmat qilish deydi, sharaf
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.
Yigitmisan yigit bari,
Omon bo‘lsin tan jonlari .
Yomon yo‘ldan yurar nari ,
O‘zbekiston posbonlari.
O‘zbekiston posbonlari.


O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari
Baxodirlar paxlavonlari.
Tinchligimiz chin posbonlari
Bayramingiz bo‘lsin muborak .
Vatan ishqi ko‘nglingizdadir,
Yurt taqdiri qo‘lingizdadir.
Nigoximiz yo‘lingizdadir ,
Bayramingiz bo‘lsin muborak!


Posbonlar (Muhammad Yusuf)

Sizda orom qayda, Sizda tin qayda.
Siz to‘yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin Sizni har joyda!..
Sizni uchrataman tog‘da, dalada,
Xizmatda hamisha-qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada…
Har kun oftob bilan sog‘ ko‘rishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug‘ bo‘lsin, ko‘ksi ulug‘ bo‘lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yo‘llar ravon bo‘lsin, yo‘llar oq bo‘lsin,
Bahor maysalari ko‘kchiroq bo‘lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz Sizga ko‘zmunchoq bo‘lsin!..


“Vatanga kasamyod xaykal poyida”
(Iqbol Mirzo)

Ona degan so‘zga egizdir Vatan,
Ona duosidan qutlug‘roq ne bor.
“Temuriy qalbida mehr jo‘sharkan,
Zako ko‘zi bilan qaraydi Me’mor.
Ramziy tamsillarda ibrat mujassam,
Bir lahza o‘zligim ko‘rgandek bo‘ldim.

Goho jon koyitging kelmaydi zinhor
Rizqi-ro‘z, tinchlikka yo‘qdek nihoya.
Ammo chovuti shay kalxatlar ham bor,
Neki aziz bo‘lsa, shartdir himoya!

Yurtdoshim, haykalni aylab ziyorat,
Ruhingni mardlikka o‘rgatgil sen ham.
Vatanga qasamyod qilgil va abad
Uni yuragingga o‘rnatgil sen ham!

Muqaddas mehrobdan boqarkan onam,
Poyida tiz cho‘kib turgandek bo‘ldim.
Hech kimga hech qachon bo‘lmagay qaram,
Ona yurt qoshida tiz cho‘kkan o‘g‘lon.
Eng ulug‘ qasam bu- onaga qasam,
Eng buyuk qasam bu- yurtga, begumon!


O’zbekiston Askari

Qadamingdan o‘t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar xavas qilar-
O’zbekiston Askari!

Sen o‘z o‘rning sardori
Ximoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!

Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O’zbekiston Askari!

Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jonu tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O’zbekiston Askari!

Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt-
O’zbekiston Askari!
 

 


Leave a Reply