Ushbu sahifada til haqida she’rlar bilan yaqindan tanishib, sahifa so‘ngida yuklab olishingiz mumkin.
Har bir millat, har bir xalq o‘zining muqaddas hisoblangan tiliga ega. Til xalqning, millatning tarixi va madaniyatini o‘zida mujassam etadi. Ayni vaqtda u jamiyatni rivojlantirish omili, millatning ajralmas xususiyati va davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi belgilardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu konstitutsiyaviy qoida bilan davlat tilining huquqiy maqomi mustahkamlab qo‘yildi.
O‘zbek tili mustaqil O‘zbekistonda tinch, osuda va totuvlikda kun kechirayotgan barcha xalq va millatlarning ham ona tili bo‘lishiga ulgurdi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilganligi boshqa millat va xalq vakillarining o‘z ona tilida muloqot olib borishiga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidlash lozim. Zotan, Asosiy qonunimizning 18-moddasida belgilanganidek,
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida o‘ndan ortiq tilda ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi va yurtimizdagi barcha millat vakillari va madaniyat markazlari hayotini yorituvchi muxsus ko‘rsatuvlar mavjud. Bu esa O‘zbekistonda yashovchi turli millat va xalqlarning tillariga nisbatan hurmat belgisining ifodasidir.
Ona tilim
Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan o‘xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga me’ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutdan,
To‘g‘aylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo‘g‘rilgan til-ona tilim.
Tilim
Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.
Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.
O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.
Mirtemir. «Ona tilim»
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qo‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til — Ona tilim.
Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug‘ilgan til — Ona tilim.
Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan —
Yaralgan til — Ona tilim.
Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til — Ona tilim.