O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan mamlakatimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan.
Bu bejiz emas, albatta. Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz kurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ximoya kilinmokdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni xar kancha e’zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak, arziydi.
Ana shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz xam yuksalib boraveradi. Zero, birinchi prezidentimiz alohida ta’kidlaganidek, «… bugungi kunda O‘zbekiston amalda o‘zining zamonaviy, ixcham va xarakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta xayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor».
Sait zor