Ushbu sahifada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik bayrami” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbir ssenariysi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Mustaqillik har bir insonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda isteʼdod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zamini bo‘lib qoldi. Bunda inson mana shu oddiy haqiqatni to‘g‘ri tushinib, o‘z qalbiga singdirgan taqdirdagina, o‘z millatiga, vataniga bo‘lgan sadoqati oshib boraveradi.
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi, mehnatkash va bag‘rikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkaziladi.
O‘tkaziladigan Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, fan o‘qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.
“Mustaqillik darslari”da o‘quvchilarga xalqimizning 34 yil davomida erishgan yutuqlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar beriladi.
Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari