Alifbe va savodxonlik bayrami uchun ssenariylar toʻplami - Ta’lim / Образование

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun ssenariylar toʻplami

“Alifbe bayrami” — o‘quvchilarning dastlabki erishgan yutuqlarining yakuni hisoblanadi. Bayram ertaligini mazmunli uyushtirish. Bu bayram ta’limda muhim o‘tkazish lozim. Bu bayram ta’limda muhim ahamiyatga molikdir. Bayramga oldindan tayyorgarlik ko‘rish bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarning tarkib topishga yordam beradi.

Alifbe bayrami tadbir scenariysi

Bunday tantanali kunning qachon o‘tkazishi haqida ota-onalarni ham oldindan xabardor bo‘lganlari ma’qul. Chunki ular ham o‘z farzandlarini yutuqlarini ko‘rish uchun bayramga kerakli narsalarni xozirlashda o‘qituvchiga yordam beradilar. Bayramga tayyorgarlik ko‘ruvchilar o‘quvchilarning birinchi yozuvlari, tuzgan rasmlari, plastilin, loy va qog‘ozdan yasagan narsalari daftarlari, sinf hayoti bilan tanishadilar. Bayramga ota-onalar, maktab rahbarlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar ham qatnashadi. Alifbe bayrami sinfda o‘tkaziladi.


O‘qituvchi:
Aziz ota-onalar,
Shirin shahar bolalar
Bugun bayram – tantana
“Alifbe to‘yi” bilan
Sizlarni tabriklayman

Qarsaklar yangraydi

Bolalar:
Sizga rahmat muallim
Bizga berdingiz ta’lim

O‘qituvchi:
Bu bayram sababkori,
Bilimlar poydevori
Ma’noli shirin so‘zi,
Qani “Alifbe” so‘zi?
Alifbeni chaqirsak
Barabar qarsak chalsak

Bolalar:
Alifbejon kela qol
Olqishlaymiz quloq sol


Bo‘yniga katta “Alifbe” rasmi osilgan qiz bola kelib keladi.

Alifbe:
Assalomu alaykum
Aziz ota-onalar
Va qandrdon bolalar
Savodxonlik muborak
Bayram shodlik muborak

Bolalar:
Rahmat senga “Alifbe”
Rahmat senga “Alifbe”

Alifbe: Aziz bolajonlar siz nimalarni o‘rgandingiz?

Bolalar:
Chiziqchalar chizishdi
O‘qishni va yozishni
Harflaring o‘ttizta
Tovushlaring yigirma to‘qqizta

Bolalar:
Tovushlar unli-undosh,
Biri ko‘zu biri qosh


Bolalar:
Unlilardir 6 harf
Bari tetik lo‘nda harf
Undoshlardir 23 tovush
Ular ham bo‘linadi

Alifbe: Zehningizga ofarin!

O‘qituvchi: Tovushlar tilga kirsin

“Aa” harfi:
Assalomu alaykum
Men “A” harfiman o‘rtoq
“Alifbo ham, avvalo-
Mendan boshlanar har choq”


“Bb” harfi:
“B” man “A” dan keyingi
Men kelaman albatta
Bilimli bo‘lgan bola
“5” oladi maktabda

“Dd” harfi:
Men “D” harfi bo‘laman
Dars so‘zida kelaman
Kimki aqlli, dono
So‘zlari dono –dono

“Ee” harfi:
Bilib oling men-chi “E”
Qo‘l siltab demangiz “E”
Erkatoyu, erinchoq
Ertakda uchrar ko‘piroq


 

 

 


Leave a Reply