Inson hayotida o‘tayotgan kunning qanday bo‘lgani, ahamiyati erishgan yutuqlari bilan belgilansa, Vatan va xalq taqdirida yillar muhim rol o‘ynaydi. Yillar sarhisob qilinadi va natijalar tahlili olib boriladi.
Mustaqillik yillari O‘zbekistonda har bir yangi yilga muayyan nom berish an’anasiga asos solingan edi. Mamlakatimizda xar bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish ezgu an’anaga aylangan. Dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish uchun tegishli davlat dasturlari ishlab chiqilib, yil davomida amalga oshirilmoqda. Qo‘yida oldingi yillarning nomlanishi bilan tanishingiz mumkin.
1 | 1991 yil – Alisher Navoiy yili |
2 | 1992 yil – Hamshiralar yili |
3 | 1993 yil – Axmad Yassaviy yili |
4 | 1994 yil – Mirzo Ulug‘bek yili |
5 | 1995 yil – Ibn Sino yili |
6 | 1996 yil – Amir Temur yili |
7 | 1997 yil – Inson manfaatlari yili |
8 | 1998 yil – Oila yili |
9 | 1999 yil – Ayollar yili |
10 | 2000 yil – Sog‘lom avlod yili |
11 | 2001 yil – Onalar va bolalar yili |
12 | 2002 yil – Qariyalarni qadrlash yili |
13 | 2003 yil – Obod mahalla yili |
14 | 2004 yil – Mehr va muruvvat yili |
15 | 2005 yil – Sihat- salomatlik yili |
16 | 2006 yil – Homiylar va shifokorlar yili |
17 | 2007 yil – Ijtimoiy himoya yili |
18 | 2008 yil – Yoshlar yili |
19 | 2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili |
20 | 2010 yil – Barkamol avlod yili |
21 | 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili |
22 | 2012 yil – Mustahkam oila yili |
23 | 2013 yil – Obod turmush yili |
24 | 2014 yil – Sog‘lom bola yili |
25 | 2015 yil – Qariyalarni e’zozlash yili |
26 | 2016 yil – Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili |
27 | 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili |
28 | 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili |
29 | 2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili |
30 | 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili |
31 | 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili |
32 | 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili |
33 | 2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili |
34 | 2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili |
35 | 2025 yil – Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili |
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlari
1989 y. 21 oktyabr – O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili deb tasdiqlandi.
1991 y. 31 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
1991 y. 1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni
1991 y. 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
1991 y. 29 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti saylandi.
1992 y. 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlandi.
1992 y. 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992 y. 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
1994 y. 1 iyul – O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi joriy etildi.
Жуда керакли ва аник маълумотлар