Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.
Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali spetsifikatsiya, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishishlari mumkin.
Ushbu test sinovida 5–11-sinf darsliklari asosida biologiya fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:
1. Biologiya hayot haqidagi fan. Tiriklikning xilma-xilligi.
2. Tiriklikning molekula, hujayra va to‘qima darajasi.
3. Organ, organlar sistemasi va organizm darajasi.
4. Hayotning tur va populyatsiya darajasining umumiy qonuniyatlari.
5. Hayotning ekosistema va biosfera darajasining umumiy qonuniyatlari. Organik olam filogenezi.
6. Umumbiologik qonuniyatlar asosida masala, misol va topshiriqlar.
Y1 – bitta toʻgʻri javobga ega muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
Y2 – moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
O1 – qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshirigʻi;
O2 – kengaytirilgan javobni talab qiladigan ochiq test topshirigʻi (Yozma ish).
7–11–sinf materiallari asosida kimyo fanining quyidagi bo‘limlari qamrab olinadi:
I. Umumiy kimyo
II. Anorganik kimyo
III. Organik kimyo
IV. Kimyoviy tahlil
Y1–bitta toʻgʻri javobga ega muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
Y2–moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
O1–qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshirigʻi;
O2-kengaytirilgan javobni talab qiluvchi ochiq test topshirig‘i (Yozma ish).