Ushbu sahifada maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ona tili fanidan OTM kirish testi namunasi berilgan bo‘lib, faylni pdf shaklida yuklab olishingiz mumkin.
To‘plamdan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2019-2020-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. Test topshiriqlari mazkur fan bo‘yicha umumiy o‘rta maktab hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv dasturlarida keltirilgan mavznlar doirasida shakllantirilgan.
To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, to‘plarnda testologiya sohasida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritayotgan fan mutaxassislari tomonidan fan mavzularini o‘zlashtirish, test topshiriqlarini yechish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berilgan.
To‘plarnning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, kelgusida abituriyent fan mavzularini qay darajada o‘zlashtira olganligini tekshirishga imkon beruvchi onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Tizimdan foydalanishda to‘plamga ilova qilingan javoblar varaqalari yordam beradi.
Abituriyentlarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirib borishlaridagi faolliklari keng jamoatchilik bilan Davlat test markazi o‘rtasidagi muloqotni rivojlantiradi va bu o‘z navbatida test topshiriqlari bazasi hamda test sinovlari jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Barcha abituriyentlarga omad tilagan holda, ushbu to‘plam fan bo‘yicha bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.
Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ona tili fanidan
testlar to‘plami