1 iyul kunidan O‘zbekistondagi davlat Oliy ta’lim muassalarining magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish bo‘yicha quyidagi video yo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.