Ushbu sahifada maktabda o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi yil tadbir ssenariysi yuklangan bo‘lib sahifa so‘ngida tanishib chiqishingiz mumkin.
Zamonning shiddatini ko‘ringki, ko‘z ochib yumguncha to‘rt fasl almashib, 2025 yilning ostonasida turibmiz. Fayzli xonadonlarimizga yangi yil qadam qo‘ygan fursatda eski yil umrimizning bir bo‘lagini o‘zi bilan tarix qatlariga olib ketdi. 2024 yil tarix sahifalariga boy berilgan yil sifatida, o‘ziga xos yil sifatida muhrlandi.
Odatda odamlar o‘tib ketayotgan yilga shukrona aytib, kirib kelayotgan yilni yaxshi niyatlar bilan bayramona kutib olishga odatlanganlar. Qayerda bo‘lmasin o‘z an’analariga sodiq qolgan holda nishonlaydilar. Kirib kelgan yil o‘tgan yildanda barakaliroq bo‘lishini niyat qilishadi. Shu maqsadda biz ta’lim dargohlarida bo‘lib o‘tilajak yangi tadbiri uchun bir nechta ssenariylarni siz azizlar uchun taqdim etmoqdamiz.