Vatan haqida she’rlar - Ta’lim / Образование

Vatan haqida she’rlar

Vatanning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq tuyg‘ular ham shunchalik bebahodir. Shuning uchun ularni yoshlikdan tarbiyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. E’tiboringizga turli vaqtda yozilgan, bir nechta muallifning Vatan haqida she’rlarini taqdim etmoqdamiz.

Vatan haqida she’rlar uzbekistan

Vatan – bu dunyodagi eng buyuk so‘zdir. Bu dargohda inson birinchi marta “ona” so‘zini tilga olgan, birinchi marta maktabga borgan. Vatan tuyg‘usi yoshlikda boshqacha bir go‘zal, ulg‘ayganda boshqacha bir go‘zal bo‘ladi. Bu tuyg‘u dunyodagi har bir insonning qalbida mavjud. Shuning uchun ham inson zoti borki, barchasi o‘z Vatanini sevadi, uni hech qanday boylikka alishmaydi.



Vatan

Chorbog‘u tog‘laring oltin vodiylar,
Bag‘rida ulg‘aydim yayrab jon-u tan.
Boshimni silagan umrimni tilab,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!

Sen aziz muqaddas, yagona yolg‘iz!
Sen birla bir jonmiz, sen birla bir tan.
Qadringga etmasak bu umr essiz,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!

Bag‘ringda nechalab bobolar o‘tgan,
Nechalab momo-yu, donolar o‘tgan.
Bolam deb kelishim intizor kutgan,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!

Odil yurtboshim bor, ko‘ksi qo‘rg‘onim,
Oyni quchar chog‘im, qaddi narvonim.
Farovon yo‘ldagi buyuk karvonim,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!



Baxtim but bag‘ringda, toleyim baland,
Zaboning betakror, asal novvot qand.
Jon xuzur allasi ko‘nglimga monand,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!

Qodiriyga armon bo‘ldi erk kuning,
Boburga benasib charog‘on tuning.
Baxt erur bolam deb yangragan uning,
Otamdek, onamdek azizsan Vatan!

Madhingdek aytginchi kalom qaerda?
Boshimda Chust do‘pping aziz xar erda.
Xech istak xohishim qoldirmas erda,
Otamdek, onamdek azizsan vatan!

Temur bobomdan sen meros qolgansan,
Tuprog‘ing azizdur qarich ering shon.
Beshigim, tebratib allalar aytgan,
Mushtipar onamdek azizsan Vatan!



O‘zbekistonim! (Baxtiyor Tursunov she’ri)

Suving beg‘ubor,
Qiringda viqor,
O‘zbekistonim…!

Insonlaring sof,
Bari bir kitob,
O‘zingda insof,
O‘zbekistonim…!

Dalangda paxta,
Polingda taxta,
O‘zing nur taxtda,
O‘zbekistonim…!

Baxoring go‘zal,
Yozilar g‘azal,
Buyuksan azal,
O‘zbekistonim…!

Farzanding ko‘rkam,
Qiringda ko‘klam,
Sevikli biram!
O‘zbekistonim…!



Bolangdir Temur,
Daryoing Amu,
Bugun sensan xur,
O‘zbekistonim…!

Go‘zal shaxarlar,
Erta saxarlar,
Quyoshing porlar,
O‘zbekistonim…!

Bu oltin vodiy,
Chiroyli, oddiy,
Lafzi hayotiy
O‘zbekistonim…!

Ilmgohlar keng,
Hamma bunda teng,
Sen – yoqa, men – yeng,
O‘zbekistonim…!

Sarbon o‘zingdan,
Sulton o‘zingdan,
Hoqon o‘zingda,
O‘zbekistonim…!



Mustaqil yasha,
Ming yillar osha,
Sog‘ bo‘l hamisha,
O‘zbekistonim…!

Dushmanlar kuysin,
Mag‘lublik tuysin,
Bir ko‘rib qo‘ysin,
O‘zbekistonim…!

Yuragim hamdard,
Yuqtirmayman gard,
Farzandlaring mard,
O‘zbekistonim…!

Go‘daging polvon,
Keksalar shodon,
Dalang to‘la don,
O‘zbekistonim…!

To‘yingda yor-yor,
Yozadi ash’or,
O‘g‘ling Baxtiyor,
O‘zbekistonim…!



Vatanimda!

Ko‘z quvonar qarasang,
Boshi bulutdan baland,
Yana o‘sar, ko‘rasan,
O‘zginangga u monand,
Vatanimning tog‘lari.

Chaman ichra chamandir,
Bag‘rida gul o‘stirar,
Bari mening «onam» dir,
Darchadan qarab turar,
Vatanimning bog‘lari.

Doim quvnoq va shodon,
Zerikishga yo‘q lahza,
To‘y, bayramda har bir on
O‘tadi shunday maza,
Vatanimda chog‘larim.


Vatan! (Baxtiyor Tursunov she’ri.)

Qo‘yning buncha issiq, yoqimli bag‘ring,
Bag‘ringda o‘zimni go‘dak sezaman,
Bir kun uzoq bo‘lsam o‘tadi qadring,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!

Har maysang allalar boshimni silab,
Tog‘laring duoda baxtimni tilab,
Yuribsan sen o‘zing doimo qo‘llab,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!

Bag‘ringda barchaning tilaklari oq,
Bizlarga azizdir shu ko‘xna tuproq,
Hammadan ham mexr o‘zingda ko‘proq,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!

Osmoning musaffo, havoing toza,
Hurlikda iqboling kuchaydi rosa,
Barcha yurtlar sendan olsin andoza,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!

Quvonchga to‘laman boqib bo‘yingga,
Kunda to‘y qo‘shilar bayram, to‘yingga,
Men ham jo‘rovozman qo‘shiq, kuyingga,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!

Qo‘yning buncha issiq, yoqimli bag‘ring,
Bag‘ringda o‘zimni go‘dak sezaman,
Bir kun o‘zoq bo‘lsam o‘tadi qadring,
Vatan, hammadan ko‘p seni sevaman!



Vatan (muallif: Sodiq Yo‘ldashev)

Bag‘ringda bolaman, bo‘san lolaman
Senla tirik so‘zman baytman jolaman
Sening hech yerda yo‘q go‘zalligingsiz
O‘zing ayt men qayda yashay olaman.

Tenglasam teng emas hech bir joy senga
Men madad olaman har bir so‘zingdan
Bir hovuch tuprog‘ing bo‘lsa bas menga
O‘zga qasrlarni nima qilaman.

Kerakmas koinot yulduzlari ham
Ko‘zlarim osmoning ko‘rib tursa bas
O‘zga chamanlarga chiroy bo‘lgandan
Bog‘ingda bir maysa bo‘lsam bir nafas.

Sen momom vatani sen bobom yurti
Sen mening onamsan otamsan vatan
Bir dona yaprog‘ing ko‘zimning nuri
Sen mening jannatim nurdan yaralgan.

Yey vatan qush bo‘lsang qanot bo‘layin
Menla uchib o‘tgin osmonni teshib
Sen hali olamga doston bo‘lasan
Shunda men kuylayman madhingni jo‘shib.

Vatan taqdirimsan bitilgan boshga
Osmon vatan ekan bildim quyoshga
Sen mening oyog‘im titratgan tuproq
Senday yurt qayda bor ayt yana boshqa.



Sendek yurtni yana kaydan topsa bular? (Baxtiyor Tursunov she’ri)

Yashayapman tuprog‘ingning taftin sezib,
Boychechaklar terib yurdim, qiring kezib,
O‘zbekiston, yurtlar aro ketding o‘zib,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Gul o‘sarmi o‘zga yurtlar, tog‘larida?
Bulbul honish qiladimi, bog‘larida?
Shod kularmi ular bola chog‘larida?
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Zilol suving qancha dardga shifo bo‘ldi,
Yalang oyoq kezdim, ko‘nglim nurga to‘ldi,
Kapalaklar qanotida baxtim kuldi,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

O‘rtoqlarim yuzlarida chin tabassum,
Sensiz o‘zni tushunolmam, bir on, bir zum,
Boshim yerga tekkunicha qilay ta’zim,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Yigit o‘zni tuysa chaqqon arslon kabi,
Unga moyil Zulayhodek qizlar qalbi,
Hech kimsani qiynamasa urush zarbi,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Kindigimdan tomgan qonim, honumonim,
Fido bo‘lsin, agar bo‘lsa mingta jonim,
Sen quvvatli, menga yetmas hech bir zolim,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Olim bo‘ldi, bugun qizu o‘g‘lonlaring,
Chaman bo‘ldi, qancha maskan-makonlaring,
Hali oldda katta- katta imkonlaring,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Bolaligim gulday kechgan ona diyor,
Yolg‘on so‘zlar sening uchun hozir ham or,
Baxtiyoring bugun senga bitdi ash’or,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Honish qilsa erta baxor qurbaqalar,
Qaydan bilsin, yer ko‘rmagan baqbaqalar?
Baxtli o‘tar har onu har daqiqalar,,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Do‘stim bilan kezar edik, tunlaringda,
Xushu, handon yashayman tinch kunlarimda,
Vatan ta’mi bordir guruch, unlarimda,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Yashayapman tuprog‘ingning taftin sezib,
Boychechaklar terib yurdim qiring kezib,
O‘zbekiston yurtlar aro ketding o‘zib,
Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar.



O‘zbegim!

Xalqim, soddadilim, o‘pay ko‘zingdan,
Vatanni maqtagan shirin so‘zingdan,
Ayirmasin meni hecham o‘zingdan,
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!

Sen ikki daryoningyolg‘iz egasi,
Yaratgan egamning o‘zing erkasi,
Bir qalqsang qaytadi yovlar nafasi,
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!

Insofu-diyonat qalbingning qo‘ri,
Aqlda bellashsin dunyoni zo‘ri,
Bellashsa quriydi raqibning sho‘ri,
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!

Oy yuzli kelinlar suluv bunchalar,
Ko‘zlari mehribon, labi g‘unchalar.
Ko‘nglingda orzular bisyor qanchalar,
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!



Dunyo lol bobolar qilgan ishiga,
Tog‘larni zabt etgan kelsa hushiga,
Duppilar yarashgan tilla boshiga
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!

Xalqim, soddadilim, o‘pay ko‘zingdan,
Vatanni maqtagan, shirin so‘zingdan,
Ayirmasin meni, hecham o‘zingdan,
O‘zbegim, ey buyuk, o‘zi begimsan!

 


2 thoughts on “Vatan haqida she’rlar

  1. КАРИМОВ МИХАИЛ

    СТИХ..ГЕРОЙ СТРАНЫ………..ДЖИЗАК. САМАРКАНД.ТАШКЕНТ.БУХАРА…ВСЕ ГОРОДА ПОБРАТИМЫ ВСЕГДА…РАЗНЫЕ МЫ НО БОЛЬШАЯ СЕМЬЯ…ГЕРОЕВ РОЖДАЕТ НАША СТРАНА…ИСТОРИЮ ПОМНИМ И ДЕДОВ МЫ ЧТИМ…И ЗА ОШИБКИ НИКОГО НЕ ВИНИМ…УМОМ И РУКАМИ ПОСТРОИМ МЫ ВСЕ…ПОКОЛЕНИЕ СПАСИБО СКАЖЕТ ЗА ВСЕ…ВОЗМОЖНОСТЕЙ ЕСТЬ МНОГО У НАРОДА…БЛАГОДАРИМ ГЛАВУ УЗБЕКСКОГО НАРОДА…ВЫ ПОНИМАЕТЕ ЛЮДЕЙ ВСЕХ И СТРАНУ…ВДОХНУЛИ ЖИЗНЬ ВО ВСЕХ ВЫ НОВИЗНУ………………………С ГЛУБОКИМ УВАЖЕНИЕМ К ВАМ И НИЗКИМ ПОКЛОНОМ АВТОР РАБ БОЖИЙ .СОЛДАТ СВОЕЙ РОДИНЫ Р.УЗБЕКИСТАН КАРИМОВ М.А.

  2. КАРИМОВ МИХАИЛ

    СТИХ…СПРАВЕДЛИВОСТЬ УЗБЕКИСТАНА…………………..ЗАКОН И СПРАВЕДЛИВОСТЬ…УЗБЕКИСТАНОМ УПРАВЛЯЮТ…НАРОД ВЕСЬ НАШ СПЛОТИЛСЯ…ПОДДЕРЖИВАЕТ ВЛАСТЬ…ДЛЯ ЖИЗНИ НАМ ДАНЫ…ЛИШЬ ТРИ СВЯТЫЕ КНИГИ….ЧТОБ ЗНАЛИ МЫ СВОЙ ПУТЬ…И ПУТЬ СВОЕЙ СТРАНЫ…НАМ ПОКОЛЕНИЕ ПЕРЕДАЛИ ЗНАНИЯ…КОРАН И БИБЛИЯ …И КОНСТИТУЦИЯ ДАНЫ…ЧТОБ НЕ ЗАБЫЛИ МЫ ПРО СОВЕСТЬ И СТАРАНИЕ…МЫ СЛУЖИМ.ЗАЩИЩАЕМ ЧЕСТЬ СВОЕЙ СТРАНЫ…………………С ГЛУБОКИМ УВАЖЕНИЕМ К ВАМ И НИЗКИМ ПОКЛОНОМ АВТОР РАБ БОЖИЙ .СОЛДАТ СВОЕЙ РОДИНЫ Р.УЗБЕКИСТАН КАРИМОВ М.А.

Leave a Reply