Algebra fanidan tarqatma materiallar - Ta’lim / Образование

Algebra fanidan tarqatma materiallar

Tarqatma material — o‘quvchi darsda individual harakat qilishi uchun ishlatiladigan o‘quv materiallar majmuidir. Tarqatma material murakkab yoki sodda, o‘tiladigan mavzu doirasida ishlab chiqilgan qo‘llanma bo‘lishi ham mumkin.

Algabra fanidan tarqatma materiallar

Tarqatma grafik material — bosma qo‘llanmaning bir turi bo‘lib, o‘quvchi mustaqil ishlashi uchun tasvir tushirilgan kartochka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tarqatma grafik material o‘quvchi yoshiga va qiziqishlariga mos voqeilikni tasvirlovchi kartochka ko‘rinishida bo‘ladi. Kartochkalardagi suratlarning rang-barangligi, poligrafik tomondan sifatli bo‘lishi o‘quvchining yozma, og‘zaki tasvirlash imkoniyatlarini oshiradi va yaxshi samara beradi.



Suratlar turli xildagi matnlar bilan boyitilishi o‘quvchilarning nutqiy salohiyatini yanada oshiradi. Suratlar asosida kommunikativ vazifalar yuklatiladi. Vazifalarning keng kamrovligi, ularning qiyinlik darajasi, ish xajmi va kartochkalarning bir biridan farqlanishi ushbu qo‘llanmaga yuklatilgan eng muxim uslubiy talablar hisoblanadi.

Kartochkalar mashg‘ulotlarni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Tarqatma materiallar o‘quvchilarning nafaqat mustaqil, balki juft bo‘lib ishlashi uchun ham ishlatiladi.

Quyida o‘qituvchilar matematika fanidan o‘zlarining ochiq darslari va mashg‘ulotlarida ishlatishlari uchun tarqatma materiallarini yuklab olishlari mumkin.



 



Leave a Reply