Geografiya fanidan tarqatma materiallar - Ta’lim / Образование

Geografiya fanidan tarqatma materiallar

Geografiya juda qadimgi fan bo‘lib, qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni geografiya deb atagan. Yunoncha γεωγραφία «ge» (γῆ) — Yer, «grapho» (γράφω)yozaman degan ma’noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» «Yerni tasvirlab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma’nolarni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiati, aholisi va uning xo‘jaligini o‘rganadigan fandir. Geografiyani o‘rganadigan kishilarni geograflar deb ataladi.

Tarqatma material – o‘quvchi darsda individual harakat qilishi uchun ishlatiladigan o‘quv materiallar majmuidir. Tarqatma material murakkab yoki sodda, o‘tiladigan mavzu doirasida ishlab chiqilgan qo‘llanma bo‘lishi ham mumkin.



Kartochkalar mashg‘ulotlarni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Tarqatma materiallar o‘quvchilarning nafaqat mustaqil, balki juft bo‘lib ishlashi uchun ham ishlatiladi.

Qo‘yida o‘qituvchilar geografiya fanidan o‘zlarining ochiq darslari va mashg‘ulotlarida ishlatishlari uchun tarqatma materiallarni yuklab olishlari mumkin.

O‘quvchilarning geografiya bo‘yicha mustaqil vazifa bajarishlari materiallar, yuklab olinib, so‘ngra kesilib tarqatiluvchi kartochkalar. Kartochkalarda o‘quvchilar nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlalarni qo‘yishi talab etiladi.



 



Leave a Reply