Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida havo harorati nechchi bo‘lishi kerak?
Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.
Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.
Ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.