Ish haqi va ish staji haqida arxiv ma’lumotnoma olish yo‘riqnomasi (video) - Ta’lim / Образование

Ish haqi va ish staji haqida arxiv ma’lumotnoma olish yo‘riqnomasi (video)

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini ortiqcha ovoragarchiliksiz, uydan chiqmagan holda olish mumkin.

Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turishlar evaziga arxiv ma’lumotnomasini olish uchun ariza qoldirib, kamiga turli tashkilotlar orasida sarson yurgan bo‘lsangiz, endi uyingizdan chiqmasdan turib sanoqli daqiqalar ichida buni amalga oshirishingiz mumkin.

Qayd etilishicha, buning uchun dastlab Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish, «Ma’lumotnomalar» bo‘limidan «Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomasini olish» xizmatini topish va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma’lumotlar asosida so‘rovnomani to‘ldirib, yuborish tugmasini bosish kerak.



Mazkur davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.

So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kuni, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiriladi hamda YAIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

Ish haqi va ish staji haqida arxiv ma’lumotnomasini olish uchun quyidagi havola orqali kiring: https://my.gov.uz/uz/service/221