O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi qanday? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi qanday?

O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi qanday? Sahifada ushbu savolga javob olasiz.

O‘qituvchilarning sanatoriyalarga yo‘llanma olish tartibi qanday?

Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.

Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.



Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.

Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.



Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— ariza;
— tibbiy maʼlumotnoma;
— pasport nusxasi;
— mehnat daftarchasi nusxasi;
— mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
— yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).



Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi.


Kasaba uyushma tizimidagi sanatoriylar

Kosonsoy sanatoriysi MCHJ
Manzil: “Kosonsoy sanatoriyasi” MCHJ 160300
Namangan viloyati, Kosonsoy shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 21-uy
Telefon: (8-36965) 21-192 (Kosonsoy)


Chimyon sanatoriysi MCHJ
Manzil: “Chimyon sanatoriyasi” MCHJ 113808
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Chimyon qishlog’i
Telefon: (8-37335) 235-61 (Farg’ona)



Turon Sanatoriysi OAJ
Manzil: “Turon sanatoriyasi” OAJ 100187
Toshkent shahar, Sho’rtepa ko’chasi 159-uy
Telefon: (0-371) 266-40-34 (Toshkent)


Chortoq sanatoriysi MCHJ
Manzili: Namangan viloyati, Chortoq tumani, A.Saydaliyev ko‘chasi, 3-uy
Telefon: +998694126444


“Umid Gulshani sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Umid Gulshani sanatoriyasi” MCHJ 111020
Toshkent viloyati, Qibray tumani, A.Navoiy ko‘chasi 1-uy.
Telefon: (8-37095) 61-955 (Qibray)



“Botanika sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Botanika sanatoriyasi” MCHJ 110134
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oq-qovoq q.f.y.
Telefon: (8-371) 300-86-46 (Toshkent), (8-37095) 61-761 (Qibray)


“Chinobod sanatoriyasi” OAJ
Manzil: “Chinobod sanatoriyasi” OAJ 100039
Toshkent shahar, Chinobod ko’chasi 88-uy
Telefon: (0-371) 212-29-12 (Toshkent)


“Bo‘ston sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Bo’ston sanatoriyasi” MCHJ 102100
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo’rg’on q.f.y.
Telefon: (0-37071) 5-43-12, 5-50-83 (Chirchiq)



“Oq-Tosh sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Oq-Tosh sanatoriyasi” MCHJ 110714
Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, Oq-Tosh qishlog’i
Telefon: (0-37074) 22-983 (G’azalkent)


“Zomin sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Zomin sanatoriyasi” MCHJ 130800
Jizzax viloyati, Zomin tumani
Telefon: (0-37222) 100-10 (Zomin)


“Abu Ali Ibn Sino sanatoriyasi”
Manzil: “Abu Ali Ibn Sino sanatoriyasi” MCHJ 104244
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qo’rg’oni.
Telefon: (0-3662) 29-47-09 (Samarqand) (0-36663) 3-18-09 (Nurobod)



“Oltinsoy sanatoriyasi”
Manzil: “Oltinsoy sanatoriyasi”
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Oltinsoy j/x, Chilash qishlog’i
Telefon: (+998 93) 435-42-02, (+998 93) 556-00-75
“Sitorai Moxi Xosa sanatoriyasi”
Manzil: “Sitorai Moxi Xosa sanatoriyasi” 200126
Buxoro shahri, Moxi Xosa dahasi, shifokorlar ko’chasi 1-uy
Telefon: (0-365) 228-50-66, 228-50-26, 228-50-88


“Xonqa sanatoriyasi” MCHJ
Manzil: “Xonqa sanatoriyasi” MCHJ 220810
Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirqyop qishlog’i
Telefon: (0-36239) 91-5-86


«Qashqadaryo soxili sanatoriyasi”
Manzil: “Qashqadaryo sohili sanatoriyasi” 180104
Qarshi shahri, N.Mirzayev ko’chasi, 12-uy
Telefon: (0-37522) 6-17-26 (Qarshi)



Termiz marvaridi
Manzil: 191200, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Uchqizil” QFY.
Telefon: (0-376-36) 32-126; faks: (0-376-36) 32-026;
e-mail: sihatgoh_termiz@mail.ru


Xavotog‘ gulshani
Manzil: Jizzax viloyati Yangiobod tumani Changiovul qishlog`i.
Теlefon: +99894 918-06-03; e-mail: sihatgoh_havotog@mail.ru