«9 may – Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari, video va taqdimotlar - Ta’lim / Образование

«9 may – Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari, video va taqdimotlar

Ushbu sahifada «9 may – Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari, dars ishlanma, taqdimot, sahna ko‘rinishlari va videolarni yuklab olishingiz mumkin.

9_may_xotira 9-may tadbir ssenariylari va videolar

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, qolaversa o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdir.



1999 yili 9 may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Insoniyat ikkinchi jaxon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qaxramonlarcha xalok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi!

9 may – Xotira va kadrlash kuni munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Ikkinchi jaxon urushi daxshatlarining guvoxi bo‘lgan kishilar tobora kamayib bormokda. Yoshlikning navqiron chog‘larini urush olovlarida, janggohlarda o‘tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Ana shu voqealar, kechgan og‘ir kunlar yodi bugun nafaqat urush qatnashchilari, balki butun avlodlar xotirasidan hali xamon o‘chgani yo‘q.

Shu o‘rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni yurtparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an’analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo‘lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!



«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bag‘ishlangan tadbir ssenariy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bag‘ishlangan taqdimot

 

 

 

 



«9 may – Xotira va qadrlash kuni» bag‘ishlangan video

Yoshlarni vatanparvar, teran tafakkur sohibi etib tarbiyalash borasidagi ishlar jarayonida zamonaviy targ‘ibot materiallarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ishlangan “Daryo ortidagi topshiriq” filmi harbiy Bahrom Ibrohimovning hayot yo‘li va ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonliklarini haqida hikoya qiladi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tarix zarvaraqlarining so‘qmoqlaridan, vatan madhi, vatan sog‘inchi, vatan tinchiligi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shgan O‘zbekning jasur, vatanparvar o‘g‘loni – Bahrom Ibrohimovning Ikkinchi jahon urushiga tub burilish yasalishidagi maxsus vazifalari haqida aniq va to‘liq tarixiy faktlar orqali ma’lumotlarni “Daryo ortidagi topshiriq” nomli hujjatli film ko‘rinishida taqdim etgan.


Boshqa videolar:

 

 

 



2 thoughts on “«9 may – Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ssenariylari, video va taqdimotlar

Leave a Reply