Shovqinli va sho‘x sinfni qanday tinchlantirish mumkin? - Ta’lim / Образование

Shovqinli va sho‘x sinfni qanday tinchlantirish mumkin?

Shovqinli va sho‘x sinfni qanday tinchlantirish mumkin? Maktabga endi kelgan, yosh o‘qituvchilar uchun foydali, kerak bo‘ladigan maslahatlar bilan bo‘lishamiz.



Har bir o‘qituvchi bilishi va o‘quvchilarga aytishi kerak bo‘lgan iboralar

Bu qiyin, lekin bilaman, siz qila olasiz” – bu ibora allaqachon eskirgan va ko‘pincha bizning o‘quvchilarimiz qalbiga yeta olmaydi. Men o‘quvchilarimga nisbatan ba’zi iboralarni ishlataman.
◼️ Bu siz o‘zingiz haqingizda g‘ururlanishingiz mumkin bo‘lgan mavzulardan biridir.
◼️ Universitetga kirish bilan barchaga o‘zingiz haqida nimani bilishingizni ko‘rsatasiz …
◼️ Qo‘rqmang va xavotirlanmang. Bu yerda tushunarsiz so‘zlar mavjud, ammo ularning ma’nosini tushunishingiz bilanoq, hamma narsa joyiga tushadi.
◼️ Bu juda qiyin. Ammo harakat qilsangiz xamma ishni amalga oshira olishingizga ishonaman.
◼️ Siz buni amalga oshirishingiz mumkinligini bilaman va siz bilan ushbu materialni o‘rganishni davom ettirish niyatidaman.

sovety-molodim-uchitelyam



Ishga endi kelgan yosh o‘qituvchining 12 eng asosiy xatosi

1. O‘quvchilardan yaxshi xulq va yutuqlarni kutish. Ota-onalardan so‘zsiz ishonch va o‘qituvchiga nisbatan e’tiborni kutish.

2. Har qanday bolalarcha injiqliklarni qabul qilish, ishdagi muvaffaqiyatsizlik haqida haddan tashqari tashvishlanish.

3. Suhbatlashishdagi o‘ta qo‘pol, o‘qitishdagi avtoritar, qurs uslubi.

4. Berilgan va’dalarni bajarmaslik.

5. Darsga xaddan tashqari ko‘p tayyorgarlik ko‘rish.

6. Dars rejalari, kasbiy maqsadlarning yo‘qligi.

7. «Ishimga qanday haq to‘lashsa shunday ishlayman». «Ularga kerakmas, mangaku umuman kerak emas» qabilida ishlash.

8. O‘qitishning judayam qiyin uslubi, yoki, aksincha, mavzularni xato tarzda o‘tish.

9. Bolalar ham odam! Siz ular bilan suhbatlashganda ismi, ularning javoblari, hissiyotlari va fikrlari ustidan hazil qilib, ularning ustidan kulishga haqqingiz yo‘q! Ular bilan suhbatlashganda hurmat saqlagan holda muloqot qilishingiz kerak. Bolalar gapirganda va harakatlarida xato qilishlari mumkin, ammo siz ularning fikrini xurmat qilishingiz kerak, ularning ustidan zinhor kulmasligingiz kerak. O‘quvchilar o‘z ustozidan o‘rnak oladi.

10. Kasbiy etika.

11. Hech qachon o‘quvchilar bilan boshqa o‘qituvchini muhokama qilmang!Hech qachon sinfdagi bolalarni ular ichida muhokama qilmang.

12. O‘ziga haddan tashqari ishonish va aksincha ishonchsizlik.

 


Leave a Reply