Toifa testlarini o‘z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa ham bo‘ladimi? - Ta’lim / Образование

Toifa testlarini o‘z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa ham bo‘ladimi?

Toifa testlarini o‘z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa ham bo‘ladimi? Pedagog kadrlar attestasiyasiga mas’ul xodimlar ushbu savolga javob berishdi.

Toifa testlarini o‘z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa ham bo‘ladimi?



Savol: Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi-metodist bo‘lib ishlayman. Avgust-dekabr oylari attestatsiyasida navbatdan tashqari turi bo‘yicha ishtirok etyapman. Bizda DMTT pedagoglarining toifa testlari 24 oktyabr kuni Nukus shahrida o‘tkazilishi belgilanibdi. Men noyabr oyida Toshkent shahrida malaka oshirish kurslarida bo‘laman. Toifa testlarini Toshkent shahrida topshirsam bo‘ladimi?

❗️Javob: Bo‘ladi, albatta. Buning uchun Siz Toshkent shahrida toifa testlarini o‘tkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishingiz kerak bo‘ldadi.

P.S. Shunga o‘xshash holatlar boshqa pedagoglarda vujudga kelsa, ular qaysi hudud (viloyat)da toifa testlarini topshirish imkoniyati bo‘lsa, o‘sha hudud (viloyat)da test o‘tkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.