Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichiga start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
“Mening maktabim” – Maktab o‘quvchilari o‘rtasida budjet savodxonligini oshirish maqsadida “Ochiq budjet” axborot portalida maktab o‘quvchilari fikri asosida loyihalarni shakllantirish, ularni saralash, ovoz berish yo‘li orqali g‘olib loyihalarni aniqlash hamda budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
Qayd etilishicha, 1-bosqich doirasida 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etadi.
Bunda:
- 22–31-oktabr kunlari — loyihalarni shakllantirish;
- 1–10-noyabr kunlari — loyihalarni saralash;
- 11–20-noyabr kunlari — ovoz berish bosqichlari oʻtkaziladi.
“Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
Maʼlumot uchun: 3 va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar joriy yilning dekabr–2026-yil yanvar oylarida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichida ishtirok etadi.
Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: