2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi (Video) - Ta’lim / Образование

2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi (Video)

2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi.

1_sinfga_qabul_priyom_v_1_klass_230

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 31-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.



Qabul qachon boshlanadi?

Qabul jarayonlari 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 31 avgustgacha mikrohududdan tashqari hududlardan qabul amalga oshiriladi.

Kimlar 1-sinfga qabul qilinadi?

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun ham taalluqlidir.


Ariza qanday topshiriladi?

Umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portali yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar (my.maktab.uz) portalida ro‘yxatdan o‘tiladi, so‘rovnoma to‘ldiriladi va tasdiqlanadi.


Qanday hujjatlar talab etiladi?

  • 086/063 tibbiy ma’lumotnoma;
  • 3×4 rasm;
  • Ota-ona va bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Maktabni tanlash tartibi qanday?

Tizim (my.gov.uz) (my.maktab.uz) ota-onaning yashash manzili (propiska/mikrohudud) bo‘yicha biriktirilgan maktabni avtomatik belgilaydi.


Qabul natijalarini qayerdan bilish mumkin?

Tizimga kiritilgan telefon raqamga SMS habar yuboriladi.

❗️ Qo’shimcha savollar bo’yicha @mymaktabuz_bot ga murojaat qiling.



Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan (2026-2027-oʻquv yilida 2019-yilning 31-dekabr kunigacha tugʻilgan) yilda qabul qilinadi;.



Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.


 


Leave a Reply