14–21-oktabr kunlari 5–11-sinf o‘quvchilari uchun 1-chorakning DEMO CHSBlari o‘tkaziladi. Bu haqida Emaktab jamoasi xabar bermoqda.
Demo CHSB o‘quvchilar va o‘qituvchilarga ish formati bilan oldindan tanishish, jarayonga tayyorgarlikni tekshirish va asosiy CHSBni o‘tkazishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini olishga yordam beradi.
❗️Yangi kriterial maktablar uchun demo CHSBdan o‘tish ayniqsa muhim.
Bu jarayon bilan oldindan tanishish va haqiqiy CHSBni o‘tkazishga hammasi tayyor ekanini tekshirish imkonini beradi.
Shu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar va texnik muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning o‘quvchilar natijalari va maktabning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishining oldini olish mumkin.
DEMO CHSBni berish uchun ish o‘tkaziladigan sinf jurnaliga o‘ting va quyidagilarni tanlang:
«BSB/CHSB berish» → «Berish»
❗️Muhim: Topshiriqlarni faqat shu sinfda tegishli fandan dars beradigan o‘qituvchi bera oladi. Administrator topshiriqlarni bera olmaydi.
⌛️ eMaktab onlayn-trenajyorlari bilan CHSBga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlang👇




