Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

Ko‘rishlar soni 557 Kasbiy ta’lim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi. Ushbu rag‘batlantirish chorasi xorijiy tillarni o‘rgatish sifatini oshirish hamda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.