Muhammad Yusuf tavalludining 60-yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha

Kuni kecha, 30 aprel kuni maktabimizda xalqimizning sevimli shoiri, attoqli adib Muhammad Yusufning 60-yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirda o‘zbek xalqining ardoqli shoiri, she’riyat osmonida yo‘lchi yulduz bo‘lib porlagan, o‘z elini, xalqi, vatanining chin farzandiday, beg’araz sidqidildan sevib, ardoqlagan shoir Muhammad Yusuf she’rlari, she’rlariga bastalangan qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari va turli raqslar ijro etildi. Bu kecha Ona tili va adabiyot metod birlashmasi o’qituvchilari ko’magida o‘tkazildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan barcha o’quvchilar o’z o’zini boshqarish qo’mitasining “Faxriy yorliq” va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

(© by shahz)

🔥530 раз просмотрено

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Расмдаги белгиларни киритинг

*

55863853