O‘qituvchilar eng ko‘p chalinuvchi kasalliklar - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar eng ko‘p chalinuvchi kasalliklar

Emotsional stressning kuchayishi, harakatchanlikning yo’qligi, ko’p gapirish zarurati nafaqat charchoqqa, balki kasbiy kasalliklarga ham olib keladi. Ushbu sahifada e’tiboringizga o‘qituvchilar chalinishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini havola etamiz.

O‘qituvchilar ko‘p chalinuvchi 5 kasallik

O‘qituvchilarni nafaqat surunkali charchoq, balki bir qator o‘ziga xos kasbiy kasalliklar ham tez-tez qiynab turadi. Ushbu ro‘yxatga qo‘yidagilar kiradi:


Immunitet tanqisligi

Odamlar bilan har qanday ish virusli infektsiyalar va gripp bilan kasallanish xavfini oshiradi. Bu ayniqsa o‘qituvchilarda ko‘p uchraydi. O‘quvchilar tez-tez kasal bo‘lib qolishi natijasida o‘qituvchilar ham tez-tez shamollashadi. Asta-sekin, bu immunitet tanqisligining rivojlanishiga olib keladi – bu holat tananing himoya tizimi infektsiyalarga to‘liq qarshi turish qobiliyatini yo‘qotadi.

Buning oldini olish uchun o‘qituvchilar sog‘lig‘iga e’tibor berishlari: toza havoda yurish, tanani chiniqtirish, vitaminlar ichish, to’g’ri ovqatlanish zarur.



Nevroz

Sinfga o‘z-o‘zidan baqirish, bo‘r yo‘qligi yoki ruchka yozmagani uchun yig‘lab yuborish, o‘zi bilan gaplashish, sal narsaga tutoqish, tushkunlikka moyillik nevrozdan dalolat berishi mumkin.


Tomoq xiqildoq kasalliklari

Ko‘pincha ko‘p gapirishdan, baqirib gapirishdan, zo‘riqishdan tovush paychalari zararlanadi. Shu bois ertalab chiroyli chiqib turgan ovoz kechki payt umuman chiqmay qolishi mumkin.



Qomat buzilishlari

Og‘ir sumkalar, ish joyidagi stol-stulning noqulayligi, asosan turib dars o‘tishi tufayli ko‘pincha o‘qituvchilarda bel, umurtqa kasalliklari uchraydi.


Infarkt va insult

Tinimsiz stress, aqliy zo‘riqish, keraksiz topshiriqlar, oilaviy mojarolar tufayli kasalliklar yig‘ilib, infarkt yoki insultga olib boradi.



Boshqa kasalliklar.

Masalan, faoliyat susayishi, o‘pka kasalligi, bosh og‘rig‘i. Ko‘pincha bularga xonada kislorod kamligi, to‘g‘ri ovqatlanmaslik sababchi bo‘ladi.

 


One thought on “O‘qituvchilar eng ko‘p chalinuvchi kasalliklar

  1. Орифжон

    Ассалому алайкум! Жуда тўғри ўқитувчиларда психологик зўриқиш жуда кучли бўлади. Шунинг учун ўқитувчиларни муассасаси томонидан санаторияларда тез-тез даволаниб туриши учун имкониятлар яратиб бериш керак.

Leave a Reply