Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanib, 10-noyabrgacha davom etadi.
Ta’til 7 kalendar kun, ya’ni 10 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabda ta’tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:
— kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
— qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
— bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
— yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.