Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi qaysi sertifikatlar tan olinmaydi? - Ta’lim / Образование

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi qaysi sertifikatlar tan olinmaydi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarining qaysilari tan olinmasligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Bu haqida vazirlik Telegram-kanalida eʼlon qilindi.

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi qaysi sertifikatlar tan olinmaydi?

Unda aytilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.



Ushbu qarorga asosan 2024-yil 29-maydan keyin olingan quyidagi sertifikatlar tan olinmaydi:

• Teaching Knowledge Test (TKT);
• Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL);
• Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
• Teaching English as a Second Language (TESL).

Maʼlumot uchun, mazkur sertifikatlar xorijiy tillar oʻqituvchilarini taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilishda inobatga olinmaydi.