Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga asosan toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi.
Nizomning 31-bandiga ko’ra, pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.
Vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini (keyingi oʻrinlarda – malaka sinovlari) oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda vakolatli vazirlikning rasmiy veb-saytidagi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Hali 2-oktyabrga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadi. Demak, 12-oktyabrga qadar sinovlar boshlanmaydi.