Respublikamiz bo‘ylab joriy o‘quv yili uchun Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi barcha hududlarda start olish arafasida! Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi xabar berdi.
Olimpiadada birinchi – maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oʻquvchilar ishtirok etadi.
Olimpiada fanlar kesimida ushbu jadval asosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi.
Olimpiadaning birinchi bosqichi 1 turda – test topshiriqlari shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Har bir fan kesimida eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 nafargacha o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qoʻlga kiritadi.
Natijalar olimpiada o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi.
❗️Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.
Ushbu olimpiadani shaffof, adolatli va yuqori sifatli tarzda tashkil etish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Har bir ishtirokchining bilim va intellektual salohiyatini obyektiv va to‘liq baholashga alohida e’tibor qaratilishi kafolatlanadi.
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus botiga murojaat qilishingiz mumkin.
❗️Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning natijalariga ko‘ra adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘riladi.