Google Playda eMaktab ilovasining Kundalik com, Kundalik o‘quvchi, Kundalik oʻqituvchi va Kundalik ilovasi nomli norasmiy nusxalari topildi.
Ushbu potensial xavfli ilovalarni Dev.Soft nomli ishlab chiqaruvchi yaratgan. ⚠️Bunday soxta dasturlarni o‘rnatish xavfli!
eMaktab bunday ilovalarning ishlashi va xavfsizligi uchun javobgar emas.
Foydalanuvchilar quyidagilardan shikoyat qilishgan:
• pul mablag‘larining o‘g‘irlanishi;
• yosh chegarasiga mos kelmaydigan reklamalarning ko‘rsatilishi.
Shubhali ilovalarni o‘rnatishdagi xatarlar:
— shaxsiy ma’lumotlarning (bank kartalari, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar) tarqalishi;
— SMS, kamera va qurilmaning boshqa funksiyalariga uzluksiz ruxsat so‘rashi;
— mablag‘larni o‘g‘irlash va nomingizga kreditlar rasmiylashtirish;
— qurilmadan spam va zararli havolalarni tarqatish uchun foydalanish.
Shubhali ilova o‘rnatgan bo‘lsangiz, quyidagilarni bajaring:
— Uni zudlik bilan qurilmadan o‘chirib tashlang.
— Ruxsatlarni tekshiring: SMS, qo‘ng‘iroqlar, kameraga ehtiyojsiz kirish — xavf belgisi.
— Bank ko‘chirmalarini tekshiring va shubhali operatsiyalar bo‘lsa, kartani bloklang.
— Elektron pochta, messenjerlar, onlayn-bankingdagi parollaringizni o‘zgartiring.
— Google Play’da “Shikoyat qilish” tugmasi orqali shubhali ilova haqida xabar bering.
Faqat rasmiy ilovalarni yuklab oling:
Diqqat: rasmiy ilovalar quyidagicha nomlanadi: eMaktab.Oila, eMaktab.Jurnal, eMaktab.Treker. Ilovalarni o‘rnatishda, garchi ular Google Play’da joylashtirilgan bo‘lsa ham, ehtiyotkorlik bilan ish koʻring va hushyor bo‘ling!