Yangi o‘quv yilining boshida kelajakda yangi o‘quvchilarning ma’lumotlarini kiritish uchun yangi birinchi sinflarni yaratish kerak. Quyida Emaktab jamoasi tayyorlagan yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Yangi sinf yaratish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
— “Ma’muriyat” — “Sinflar ro‘yxati” bo‘limiga o‘ting;
— o‘quv yilini to‘g‘ri tanlashingizga ishonch hosil qiling. Agar kerak bo‘lsa, o‘quv yili yonida yilni tanlash uchun oldinga va orqaga tugmalarini bosishingiz mumkin;
— ekranning o‘ng tomonidagi “Qo‘shish” tugmasini bosing;
— barcha kerakli ma’lumotlarni ko‘rsating (sinf kodi, smena, turi, parallel’, hisobot davri, qo‘ng‘iroqlar jadvali, sinf o‘qituvchisi);
— “Yaratish” tugmasini bosing.
Sinf yaratilayotganda sinfning o‘qitish tili tanlanishi shart, o‘qitish tili qanday tanlanishi haqida quyidagi maqola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Sinf yaratilgandan so‘ng, o‘quvchilar va ota-onalarni ushbu sinfga qo‘shishingiz / import qilishingiz kerak.