Fan olimpiadalarining II (tuman) va III (hududiy) bosqichlarini o‘tkazish tartiblari belgilandi - Ta’lim / Образование

Fan olimpiadalarining II (tuman) va III (hududiy) bosqichlarini o‘tkazish tartiblari belgilandi

Asosiy fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman) va uchinchi (hududiy) bosqichlarini o‘tkazish tartiblari belgilandi.

olimpiada

MMTVning 2024 yil 11 oktyabrda “2024-2025 o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi — hududiy bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 331-sonli buyrug‘i imzolandi.



Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o‘tkaziladi:

21-oktyabr kuni tarix, geografiya, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;

22-oktyabr kuni ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, davlat va huquq asoslari fanlaridan;

23-oktyabr kuni kimyo, rus tili va adabiyoti, tojik tili fanlaridan;

24-oktyabr kuni biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;

25-oktyabr kuni matematika, ona tili va adabiyot, o‘zbek tili fanlaridan o‘tkaziladi.



Keltirilgan hujjat yordamida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin:

— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i;

— Umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish jadvali;

— Asosiy olimpiadaning ikkinchi- tuman (shahar) bosqichi topshiriq turlari soni va topshiriqlarni bajarish uchun ajratilgan vaqt;

— Umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichini hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini o‘tkazish jadvali;

— Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi topshiriq turlari, soni va topshiriqlarni bajarish uchun ajratilgan vaqt;

— Asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari bo‘yicha yo‘riqnoma;

— Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha hududlarga yuboriladigan mas’ul xodimlar ro‘yxati keltirilgan.



2-guruh fanlari: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix, davlat va huquq asoslari, geografiya.

Yuqoridagi olimpiada tashkil etiladigan sanalar o‘zgarishi kuzatilsa qo‘shimcha ma’lumot beriladi.